Yangi va chegirmada
Chegirmadagi tovarlar har doim birinchi
Bugun siz uchun tanladik
Har safar boshqacha — ko'p ko'rilganlar va yashirin topilmalar aralash
Yaxshi takliflar
Kompyuteringiz shu binoda tuzatiladi
Avval tekshiramiz, narxni aytamiz — siz rozi bo'lsangiz ishga kirishamiz.
Tozalash + termopasta + diagnostika
Chang tozalanadi, termopasta almashtiriladi, kompyuter to'liq tekshiriladi. Narx kompyuter parametrlariga qarab o'zgaradi.
CS2 optimizatsiya — baland FPS
Xarakteristikangizga qarab CS2'da qancha FPS chiqishini oldindan aytamiz — va aynan o'sha FPS'ni olib beramiz.
Windows, drayverlar, apgreyd
Yig'ilgan kompyuterlarga Windows 11, BIOS sozlash va drayverlar — bepul. Eski kompyuterni kuchaytirish bo'yicha maslahat beramiz.
Qayerda bo'lmang — yetkazamiz
Yetkazib berish
Toshkent — Yandex orqali.
O'zbekiston bo'ylab — BTS va EMU orqali.
Narxi va muddatini menejer manzilingizga qarab aytadi. Do'kondan o'zingiz olib ketishingiz ham mumkin.
To'lov
Naqd, karta yoki bo'lib to'lash — Uzum Nasiya va Open Card orqali. Saytda oldindan to'lov olinmaydi: buyurtmani menejer tasdiqlaydi.
Kafolat
Har bir tovarga turiga qarab kafolat beriladi (tovar sahifasida yozilgan). Barcha tovarlar yangi va original. Ta'mir — o'z servis markazimizda.
2018-yildan beri kompyuter bilan
CompingUz — Toshkentdagi kompyuter do'koni va servis markazi. Buyurtma asosida kompyuter yig'amiz, butlovchi qismlar, monitor va periferiya sotamiz, ofislarni jihozlaymiz. Har bir yig'ma ustaxonamizda yig'iladi va sinovdan o'tkaziladi. Thermalright'ning O'zbekistondagi rasmiy distribyutorimiz.